O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
E’lon
2018-03-17 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish, joy-joyiga qo‘yish va ular bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga asosan
Toshkent shahridagi davlat notarial idoralaridagi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi:
1. Bektemir tuman 1-son davlat notarial idorasi notarius kotibi;
2. Mirzo Ulug‘bek tuman 10-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (yarim (0,5) stavka);
3. Mirobod tuman 1-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (asosiy ishdagi xodimning bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida);
4. Mirobod tuman 2-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (yarim (0,5) stavka (asosiy ishdagi xodimning bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida));
5. Mirobod tuman 7-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (yarim (0,5) stavka);
6. Olmazor tuman 4-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (asosiy ishdagi xodimning bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida);
7. Yunusobod tuman 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi;
8. Yakkasaroy tuman 1-son davlat notarial idorasi notarius kotibi;
9. Yakkasaroy tuman 8-son davlat notarial idorasi notarius kotibi;
10. Yashnobod tuman 4-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (yarim (0,5) stavka);
11. Yashnobod tuman 6-son davlat notarial idorasi notarius kotibi (yarim (0,5) stavka).
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:
tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza;
nomzodning pasport nusxasi;
diplom (diplomdan ko‘chirma)ning notarial tasdiqlangan nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno);
ma’lumotnoma-obyektivka;
faoliyat ko‘rsatayotgan (oxirgi) ish joyidan (o‘qish joyidan) ma’lumotnoma (agar egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa tegishli buyruq nusxasi) va tavsifnoma.
Tanlovga hujjatlarni topshirish muddati e’lon tegishli rasmiy veb-saytda joylashtirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunni tashkil etadi.
Davlat notarial idorasining notarius kotibi lavozimiga qo‘yiladigan talablar:
yuridik mutaxassislik bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
TANLOVDA ISHTIROK ETISH ISTAGINI BILDIRGAN NOMZODLAR TЕGISHLI HUJJATLARNI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING KADRLAR BOSHQARMASIGA TOPSHIRISHLARI SO‘RALADI.
(Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 2018 yil 26 mart)
Manzil: Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy. Tel: (0371) 236-78-88, 233-50-29