O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona Davlat universiteti rektori lavozimiga Maksudov Ravshan Xasanovich tayinlandi
2018-03-17 | Jamiyat
Maksudov Ravshan Xasanovich 1959 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1981 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, dotsent. 2011 yildan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.