O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
KOICA vakillari bilan uchrashuv
2018-03-17 | Jamiyat
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreya xalkaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Xan Song I bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yurtimizda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb - hunarga o‘qitish sohasi va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Hususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Xan Song I bilan Shaxrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining jihozlash ishlarini nihoyasiga yetkazish va markazning ochilishi bo‘yicha rejalarni kelishib oldi.
Uchrashuv davomida huddi shunday markaz Farg‘ona shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining qurilish ishlarini tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar rejasi muhokama etildi.
Shuningdek, Toshkent va Samarqand shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari uchun kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar va grandlar yuzasidan fikr almashishdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar kelgusidagi istiqbolli rejalar va o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashishdi.