O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tovarlarning alohida turlari 20 foizga arzonlashdi
2018-03-17 | Iqtisodiyot
O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, qariyb 3 milliard dollarni tashkil etdi, ya’ni 20 foizga ortdi. Bu borada o‘zaro tovar yetkazib berish 2 barobar ko‘paydi.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida alohida qayd etib, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallanayotganini ma’lum qildi.
Bu mamlakatlarni bog‘lab turgan eng muhim transport yo‘llarini qayta tiklanib, modernizatsiya qilingani, yangi yer usti va havo yo‘llari ochilgani, o‘zaro joriy qilingan chegirmalar natijasida yuk tashish, avvalo tranzit hajmi ortib bormoqda.
Bundan tashqari, chegaralar va yo‘llar ochilishi tufayli ichki bozorlarimizdagi tovarlarning alohida turlari 20 foizga arzonlashgani kuzatilmoqda.