O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari deputatlar e’tiborida

2018-03-17 | Siyosat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Jumladan, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining yangi tahrirdagi loyihasi keng muhokama qilindi.

Majlisda qayd etilganidek, Milliy dasturning maqsadi qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shaxsda halollik, mas’uliyatlilik, uyushqoqlik, talabchanlik, qonunga itoatkorlikka asoslangan ijtimoiy-huquqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish, qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, majburiyatlarning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan vijdonan bajarilishini va huquqiy normalarga rioya etilishini rag‘batlantirish orqali jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat.

Shuningdek, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyatning asosi hamda jamiyat va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar yetukligining ko‘rsatkichi hamda ijtimoiy munosabatlarni va jarayonlarni tartibga solishga faol ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining yangi tahrirda qabul qilinishi ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslarini mustahkamlash, huquqiy davlat barpo etishdagi tizimlilikning belgisidir. Shu qatorda dasturning amalga tatbiq etilishi aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishga, mamlakatimiz fuqarolarida Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarga ishonch va qat’iylikni shakllantirishga olib keladi.

Shu bilan bir qatorda qayd etib o‘tilganidek, ushbu dasturning qabul qilinishi kundalik hayotda qonun me’yorlari to‘g‘ri tatbiq etilishiga, huquqiy hujjatlarni xatosiz rasmiylashtirishga, davlat xizmatchilarida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yangi bosqichga ko‘tarishga hamda ularda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishga olib keladi.

Majlis davomida parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться