O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston–Turkiya hamkorlikning yangi bosqichida

2018-03-15 | Jamiyat

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi vitse-prezidenti Surayo Yer va TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chaglar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov vazirlik tizim xodimlardan 25 nafari TIKA bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan Turkiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tasarrufiy tashkilotlarida malakasini oshirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi va alohida e’tirof etdi.Shuningdek, uchrashuvda TIKA bilan hamkorlikda yurtimizda band bo‘lmagan aholini kasb - hunarga o‘qitish tizimida amalga oshirilishi nazarda tutilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi. TIKA tomonidan O‘zbekiston Respublikasida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasb – hunarga o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif berildi.

Jumladan, TIKA rahbariyati Respublikamizning Farg‘ona vodiysida hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda, kasb – hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ayniqsa talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, payvandlash va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda kasb – hunarga o‘qitish tizimini yaratish fikrini bildirdi.

Kasb-hunarni o‘rgatishda Turkiya Respublikasidan malakali kadrlarni jalb qilib, ta’lim sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan malakali kasb egalariga o‘z mehnat faoliyatini boshlashda kerakli jihoz va anjomlar bilan ta’minlab berilishini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Ushbu tizim avvalo Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ishga tushirilishi va keyinchalik Respublikamizning qolgan barcha viloyatlarida ham xuddi shunday markazlar ochish rejalari ilgari surildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda TIKA bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalar muxokama qilindi va asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan fikrlar bilan almashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida taklif bildirdilar.

Поделиться