O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlari Chennay xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etildi

2018-03-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-10 mart kunlari Hindistonning yirik ishlab chiqarish markazlaridan biri hisoblangan Chennay shahrida VII Xalqaro sanoat-muhandislik ko‘rgazmasi (IESS - International Engineering Sourcing Show 2018) bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Hindiston va xorijiy davlatlarning 400 ga yaqin kompaniyalaridan 10 mingdan ziyod ishbilarmonlar ishtirok etdi, shu jumladan O‘zbekiston vakillari ham mamlakatimiz industrial salohiyatini namoyish etishdi.

Milliy pavilonda diyorimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat, muhandislik, tekstil, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or va maishiy jihozlar, mashina va uskunalar to‘g'risidagi axborotnomalar, ko‘rgazma plakatlari va kataloglari, mahsulotlardan namunalar o‘rin egalladi.

Xususan, “Artel”, “O‘zkabel” kompaniyalari, Andijonning “Samo” fabrikasi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilayotgan tovarlar haqida ishtirokchilarga keng ma’lumot berildi.

O‘zbekiston pavilonining bir qismi mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlandi. Yurtimizning qadimiy shaharlari va maftunkor maskanlari, turistlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida hikoya qiluvchi bosma va audiovizual axborotlarni ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mamlakatimiz ko‘rgazma maydoniga tashrif buyurgan Hindiston savdo vazirining o‘rinbosari Rita Teotiya mazkur tadbirda O‘zbekiston vakillarining ishtirokidan mamnun ekanini ta’kidlab, respublikamizda sanoat va ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan yutuqlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar ko‘rgazmada o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish hamda Hindiston kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Поделиться