O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umid Ahmadjonov Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

2018-03-15 | Sport

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonov taklifiga binoan Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nobuaki bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov kutib oldi. Tashrif davomida janob Nobuakiga elchixonaning uchinchi kotibi Keyko Kitamotto hamrohlik qildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, uchrashuvda Umid Ahmadjonov ikki mamlakat orasida ko‘pgina sohalarda do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi, Yaponiya bilan, xususan, Yaponiya va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi, bu borada Yaponiya FA bilan memorandum imzolangani, MOQ raisining Tokioda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rahbari bilan uchrashgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Umid Ahmadjonov endi ushbu aloqalarni yangi darajaga ko‘tarish, Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan ham hamkorlik ishlarini o‘rnatish istagida ekanligini, O‘zbekiston 2020 yili Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni jadal suratlarda davom ettirmoqda. Mamlakatimiz sportchilari kunchiqar yurtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishlari, mahalliy iqlim va sharoitga moslashishlari uchun u yerdagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari foydadan holi bo‘lmasligini, Yaponiya sportidan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Shoakrom Isroilov esa Yaponiyada va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya universitetlari o‘rtasida memorandum imzolanganligi, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganligini va yaponiyalik mutaxassislarni mamlakatimizga olib kelishda janob elchidan amaliy yordam ko‘rsatishini so‘radi. 

Umid Ahmadjonov suhbat davomida mamlakatimizda dzyudo aholi o‘rtasida yanada ommalashayotganligi, polvonlarimizning yozgi Olimpiya o‘yinlarida muntazam ravishda sovrindorlar safidan joy olib kelayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi va Yaponiyaning Tokio shahridagi jahonga mashhur “Kodokan” dzyudo markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyati borligini izhor qildi.

– Takliflar uchun katta rahmat va Umid Ahmadjonovni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati bilan alohida tabriklayman, – dedi janob Ito Nobuaki. – Yaponiyaning “Mezbon shahar” dasturi asosida Maidzuru shahri bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘rtasida memorandum imzolanganligi haqida xabarim bor. Mazkur memorandumga ko‘ra, sport kurashlari va dzyudo bo‘yicha terma jamoalarimiz Olimpiadaga Yaponiyada tayyorgarlik ko‘rishadi. Shuningdek, mamlakatingiz boks va og‘ir atletikachilarini Vatanimda ko‘rishdan xursand bo‘laman. Sportning ushbu turlarida o‘zbek sportchilari dunyoning yetakchi terma jamoalari orasiga kiradi. Mazkur hamkorlik ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi. So‘nggi yillarda “JICA” tashkiloti tomonidan yuborilgan bir necha yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda karate va sportning boshqa turlarida volontyorlik asosida murabbiylik qildi. Bundan buyon ham ushbu hamkorlikni davom ettiramiz.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov dzyudo, sport gimnastikasi, suzish, stol tennisi, yengil atletika sport turlariga yaponiyalik murabbiylarni taklif etish masalasini ko‘tardi.

MOQga amalga oshirgan tashrifi davomida elchi Ito Nobuaki qo‘mitaning muzeyi, tashkilot xududida joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ham kuzatdi va iliq taassurotlar bilan ortga qaytdi.

Uchrashuv so‘nggida Umid Ahmadjonov va Shoakram Isroilovlar martabali mehmonga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться