O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston fuqarolari 2018-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz safar qila boshlaydi
2018-03-15 | Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 14-martdagi PQ–3604-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 9-mart kuni imzolangan fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Hukumatlararo bitim Tojikiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan 2018 yil 16 martdan boshlab tadbiq qilinadi. Shu kundan Tojikiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz safar qilishlari mumkin bo‘ladi.