O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda I xalqaro matbaa forumi boshlandi

2018-03-15 | Texnologiyalar

“Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” I xalqaro matbaa forumi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “A2 Digital” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Unda AQSH, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridagi yetakchi matbaa korxonalarining, jumladan, dunyoga mashhur “HP”, “VIP Systems ESKO”, “Scodix” kabi kompaniyalarning vakillari ishtirok etmoqda– O‘zbekistonda tashkil etilgan nufuzli forumda qatnashayotganimizdan mamnunmiz. U matbaa sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, o‘zaro tajriba almashishda ahamiyatlidir, – deydi “HP” kompaniyasi vakili Saymon Lyuis (Isroil). – Bugun dunyo shiddat bilan raqamli va kompyuterlashtirilgan tizimga o‘tayotgan bir jarayonda matbaa sohasini yanada rivojlantirish, takomillashtirish muhim. Zero, ushbu soha barcha jabhalar bilan bevosita ish olib boradi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi matbaa sohasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, shu orqali mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish, bu borada davlat korxonalari bilan bir qatorda, xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda.Agentlik tizimidagi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Germaniyaning “KBA” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 8 bo‘yoqli chop etish uskunasi, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Heidelberg” kompaniyasining Speedmaster ofset usulida chop etish uskunasi va boshqa bir qancha ish jarayonlarini boshqarishda qulaylik yaratadigan zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatildi.

Matbaa sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida ushbu soha faoliyatiga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy qilinmoqda. Yoshlarimiz, ayniqsa, o‘quvchilarimiz 3D formatli, integral muqovali, shuningdek, “gapiradigan” kitoblar, “gapiradigan” daftarlarning beqiyos imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda.“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish, matbaa sanoatini yanada rivojlantirish, ushbu sohada xalqaro aloqalarni mustahkamlash hamda xorijiy tajribani o‘rganish orqali innovatsion texnologiyalarni joriy qilish maqsadida tashkil etilgan forumda yurtimizdagi matbaa korxonalari rahbarlari va xodimlari mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajriba, ijodiy g‘oya va ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lyapti.

Xorijlik mutaxassislar O‘zbekistonda matbaa sohasini yangi pog‘onaga ko‘tarish, xususan, matbaa korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq zarur tavsiya va tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.

Forum doirasida xorijlik mehmonlar “O‘zbekiston” va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “A2 Digital” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishadi. O‘zbekistonda matbaa sohasiga tatbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

Bayram Aytmurodov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться