O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

2018-03-14 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezidentning 2016 yil 17 noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.

2017 yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo‘yicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo‘jaligi texnika bilan 85 foiz ta’minlangani, ularning ma’lum qismi eskirgani, ularni o‘z vaqtida yangilash choralari ko‘rilmagani qattiq tanqid qilindi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini nazorat qilmagani uchun Bosh vazir o‘rinbosari-“O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi N. Otajonovga xayfsan berildi. Ishda yo‘l qo‘ygan sustkashliklari uchun “O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari-“O‘zagroservis aksiyanerlik jamiyati bosh direktori R. Axmedov, “O‘zagrolizing” aksionerlik jamiyati bosh direktori X. Imamov, Vazirlar Mahkamasi Ahborot tahlil departamenti mudiri A. Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani to‘liq yetkazib berishni qattiq nazoratga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Поделиться