O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida qatnashmoqda

2018-03-14 | Iqtisodiyot

2018-yilning 13-martida Moskva shahridagi “Expocentre” ko‘rgazmalar markazida “MITT-2018” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar beradi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi axborot xizmati. 

Xabarda qayd etilganidek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi o‘z imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Ulysse tour”, “Marko polo”, “Central asia travel”, “Compass tour”, “Dolores travel”, “Orient star group”, “Inter mice asia” sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yagona “O'zbekiston” stendida taqdim etmoqda. 

15-martga qadar davom etadigan "MITT-2018"da Milliy aviakompaniya mutaxassislari sayyohlik sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida turizm sohasi vakillari, kurort tashkilotlari, yirik mehmonxonalar, reklama agentliklari, ommaviy axborot vositalari va ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralarni o‘tkazishni rejalashtirgan.

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться