O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Google O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash niyatida
2018-03-14 | Texnologiyalar
Google kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, qo‘shma o‘quv dasturlari tashkil qilish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda yurtimizda “Google I/O”, “Women Techmakers”, “DevFest” “Google Launchpad Accelerator” kabi turli ixtisoslashgan tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Google kompaniyasi vakillari mamlakatimiz dasturchilari bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalar haqida so‘zladi. Jumladan, yaqinda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirish va yurtimizda Google kompaniyasi ishlanmalarini ilgari surish bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazuvchi “Tashkent GDG” guruhi tashkil etilgani ta’kidlandi.
Roman Bondarchuk, O‘zA muxbiri