O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shartnomalar hajmi 500 million dollardan oshdi

2018-03-14 | Iqtisodiyot

Tojikistonning poytaxti Dushanbe shahridagi "Manej" sport majmuasida o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli davom etmoqda. 9-13 mart kunlari yurtimiz tadbirkorlari qo‘shni davlatga mahsulot yetkazib berish borasida tuzgan shartnomalari hajmi 500 million dollardan oshdi.

Qayd etish joizki, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston-Tojikiston davlat rahbarlarining savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan sa’y-harakatlari natijasidir.
 
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 100 dan ortiq korxonasi texnika, qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo va mineral o‘g‘itlar, farmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat va charm mahsulotlar, mebel hamda maishiy mahsulotlarni namoyish etmoqda.
 
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan Tojikiston kichik va o‘rta biznes milliy uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli mahsulotlarga qo‘shni davlatning bo‘lgan talabi asosida har yili muntazam ravishda 20 million dollarlik eksportni amalga oshirishga kelishib olindi.
 
- Biz taklif qilgan turli-tuman dori vositalariga ko‘pchilik tashkilotlar qiziqish bildirdi,-deydi “Nika-Farm” korxonasining eksport departamenti direktori Zuhra Boyxonova.-Ko‘rgazma doirasida tojikistonning “Xushbaxtiyon” korxonasi bilan 500 ming dollarlik shartnoma tuzdik. Albatta, bu bitta yoki oxirgisi emas. Yarmarka doirasida kelishuvlar davom etmoqda. 
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ma’lum qilishlaricha, jamg‘armaning bevosita ko‘magida ikki davlat savdo-sanoat palatasi tomonidan «Ishbilarmonlar kengashi» tashkil etilgan.
 
Yarmarka davomida ikki davlat tadbirkorlarni o‘rtasida ko‘plab uchrashuvlar va ahdnomalar tuzildi. Xususan, Tojikistondagi "Avitsenna" korxonasiga 1,5 million dollarlik qurilish materiallari, "Subxi Vatan" korxonasiga 1 million dollarlik bolalar kiyimlari, «Pokiza» va «Kishvar-2016» jamiyatlariga 2,8 million dollarlik qandolat mahsulotlari yetkazib berish borasida shartnoma tuzildi.
 
Qayd etish joizki, ko‘rgazma davomida qo‘shni davlat vakillari qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda. Taraflarning qiziqishlari asosida ko‘rgazmani 18 martga qadar davom ettirishga kelishib olindi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться