O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘shilgan qiymat solig‘i nol darajali stavka bo‘yicha

2018-03-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga muvofiq, tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.

Soliq kodeksining 213-moddasiga muvofiq, tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

Soliq kodeksining 213-moddasida belgilanganidek, tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:

• kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

• tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

• O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.

Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• soliq to‘lovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil o‘rtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);

• soliq to‘lovchining topshirig‘iga ko‘ra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

• tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasining ko‘chirma nusxasi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazilayotganda nazorat qiluvchi organlarga ularning talabiga binoan taqdim etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tushuntirish bersangiz, o‘z mahsulotini Rossiya Federatsiyasiga xorijiy valyuta – Rossiya rubli (erkin almashtiriladigan valyutaga kirmaydi) evaziga, shuningdek Qozog‘iston Respublikasiga xorijiy valyuta – Qozog‘iston tengesi (erkin almashtiriladigan valyutaga kirmaydi) evaziga eksport qiluvchi korxona Soliq kodeksining 213-moddasida nazarda tutilgan eksportni tasdiqlovchi hujjatlarga rioya etgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol darajali stavkani qo‘llashi hamda Soliq kodeksining 218-moddasi birinchi qismi 5-bandiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasini hisobga olishi mumkinmi?

Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi xatingizni ko‘rib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni 3-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, chet el valyutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisob-varaqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lardir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tovarlarni chet el valyutasida (shu jumladan, Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesida) eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.

Поделиться