O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bu yilgi hasharda qancha daraxt va gul ko‘chatlari ekiladi?

2018-03-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 martdagi farmoyishiga binoan shu yilning mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligini va umumxalq xayriya hasharini tashkil etish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Jumladan: 44 ming gektarga yaqin maydonlarni obodonlashtish va tozalash, 27 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalash, 8 mingdan ortiq qabristonlar va 760 dan ziyod ziyoratgoh va qadamjolar obodonlashtirish, tartibga keltirish, 18 millionga yaqin daraxtlar oqlash va shakl berish, shu bilan birga, 12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali daraxt ko‘chatlarni ekish ko‘zda tutilgan. 

Ko‘chalar va mahallalarni ko‘rkam etish maqsadida 14 milliondan ortiq gul ko‘chatlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Поделиться