O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi

2018-03-14 | Jamiyat

Navro‘z kunlari namanganliklar va viloyat mehmonlariga qanday madaniy bayramona kayfiyat tortiq qilinadi?

Navro‘z sayli Namangan shahrida 4 katta xiyobonda, jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, markaziy favvora xiyoboni, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining yozgi amfiteatrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tumanlarda ham madaniyat va istirohat bog‘lari, stadion va xiyobonlar, markaziy maydonlar, mahallalar guzarlari kabi joylarda bayramni munosib sayl qilishga katta tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda. Xalq sayli tadbirlarida viloyatdagi barcha ansambllar, folklor, xalq sirki jamoalari, estrada xonandalari joylarda el-yurtga xushkayfiyat ulashadi. Bundan tashqari, poytaxtdan keladigan taniqli adib va shoirlar, san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari guruhi namanganliklar bilan bayram shodliklarini baham ko‘radi.

Madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami tantanalari doirasida birinchi bor tashkil etiladigan “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivalida 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi. Ayni paytda bahor taomini tayyorlash uchun ketadigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy bugun ivitib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi. O‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozon “xizmatda bo‘ladi.” Sumalakni pishirishga bu borada katta tajribaga ega 25 nafar pazanda ayol jalb etiladi.

Festival mohiyatiga ko‘ra o‘zida bahoriy yangilanishga xos bayram shukuhi, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari e’zozi, xayriyaparvarlik, barchaga shodlik ulashish kabi xususiyatlarni qamrab olgan ommaviy sayl sifatida namoyon bo‘ladi. “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivali davomida shahardagi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining nikoh hamda xatna to‘ylari o‘tkaziladi.

Tadbir davomida turli konsert dasturlari, milliy xalq o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, ishtirokchilar bahoriy milliy taomlardan bahramand bo‘lishadi.

Akromjon Sattorov, O‘zA muxbiri

Поделиться