O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamoatchilik nazoratida jurnalist mas’uliyati va huquqlari

2018-03-14 | Jamiyat

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi mahorat darslari, treninglar va media-turlarda jurnalistlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV bosh muharrirlariga tadbirkorlik faoliyati hamda sohalarga joriy etilayotgan yangi innovatsion texnologiyalarning qulayliklari, afzalliklarini yoritishning samarali uslublari taklif etildi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Highway Logistics” logistika markaziga media-tur uyushtirildi. Shu kabi va OAV to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilayotgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan ekspertlar ishtirokidagi tadbirlar ishtirokchilarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasidagi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining roli» mavzuidagi anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari, elektron va bosma nashrlarning vakillari ishtirok etdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA muxbiri

Поделиться