O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilmoqda

2018-03-13 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi (Yagona elektron hamkorlik tizimi) yaratiladi. 

Bu Prezidentimiz tomonidan bugun imzolangan “Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida” qarorda o‘z ifodasini topdi. 
 
Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashiladi. 
 
Tizim orqali davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuboriladi va qabul qilinadi. 
 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llashda tizim imkoniyatlaridan foydalaniladi. 

Поделиться