O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan 13 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazildi

2018-03-13 | Jamiyat

Jizzax viloyati Baxmal tumanida joriy yilning yanvar-fevral oylarida 85 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tdi. 24 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini qayta tikladi. 

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganlarning 13 nafari amalda bu sohada ancha vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fuqarolardir. Ular soliq to‘lovlaridan qochib, ro‘yxatdan o‘tmasdan turli yo‘llar bilan yashirin tadbirkorlik qilayotgan edi. 

Masalan, hech bir hujjatsiz, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotgan fuqaro Rustam Hamidov davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, qonuniy tartibda ro‘yxatdan o‘tib, tadbirkorlik qilishga kirishdi. 

– Soliq xodimlari tomonidan mahalliy byudjetning daromadlar bazasini kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari tufayli qonuniy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ko‘paymoqda, – deydi tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari H.Soatov. – Natijada soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bazasi kengayib, ularning yig‘iluvchanligi oshayotir. 2017-yilda tumanda 238 nafar yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tishi natijasida mahalliy byudjetga 320,9 million so‘m mablag‘ tushishi ta’minlandi. 

Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik bilan qonuniy shug‘ullanish afzalliklarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish ishlari muntazam olib borilmoqda. 2018-yilning ikki oyi davomida korxona va tashkilotlar, mahallalar, dehqon bozorlari va savdo tarmoqlarida 1 ming 687 marotaba tushuntirish ishlari o‘tkazildi. 

 

Toshqul Beknazarov, O‘zA
 

Поделиться