O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetik ichimliklar sotish cheklanishi mumkin

2018-03-13 | Jamiyat

O‘zbekistonda energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilganlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ayni paytda Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalari hamda qo‘mitalarda muhokama qilinayotgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ushbu taklif ilgari surilmoqda. 

Shuningdek, qonun loyihasida shu turdagi ichimliklar reklamasi va savdosini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari binolari, jamoatchilik joylari, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari hamda sport, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda audio, vizual va multimedia vositalari, matn, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, bannerlardan foydalangan holda amalga oshirishni cheklash hamda belgilangan tartibni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish kabi masalalar ilgari surilmoqda. Qonun loyihasi 15-mart kuni deputatlarning yalpi majlisida birinchi o‘qishda muhokama etilishi kutilmoqda. 

 

Farhod Erkinov
 

Поделиться