O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi
2018-03-13 | Jamiyat
2018 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va GIZ ning “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” dasturi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
2018 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va GIZ ning “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” dasturi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomidan – O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari N.Jo‘rayev, GIZ dasturi nomidan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka tomonidan imzolandi
Ushbu Memorandumga muvofiq, hamkorlikning asosiy vazifalariga milliy mutaxassislarning umumiy ma’muriy huquq, xususan, davlat boshqaruvi ma’muriy tartib-taomillar instituti, ma’muriy sudlov sohalarida malakasini oshirishga maqsadli ko‘mak berish kiradi.
Shuningdek, ushbu Memorandum qoidalarini amalda bajarish maqsadida taraflar 2018 yilga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar dasturini imzoladilar va unda quyidagi kabi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish, shuningdek ushbu yo‘nalishda tadbirlarni o‘tkazish;
- hududlarda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlarini yaratish va xalqaro standartlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish;
- “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish jarayoniga xalqaro ekspertlarni jalb qilish.