O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Angren shahar davlat xizmatlari markazining Telegram-kanali ochildi

2018-03-12 | Texnologiyalar

Toshkent viloyatidagi Angren shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilda 326 tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilib, 581 yangi ish o‘rni yaratildi.

Markaz xodimlarining sa’y-harakati bilan “Kimyo-1” fermer xo‘jaligi, “Angren gold star”, “Umid-2” va “Angren qurilish materiallari” kabi 45 dan ortiq mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati tiklandi va qo‘shimcha 89 kishi ish bilan ta’minlandi.

– Fuqarolarni sohadagi yangiliklardan xabardor qilish uchun Angren shahar davlat xizmatlari markazining “Telegram” internet tarmog‘ida rasmiy kanali ochildi, – deydi Angren shahar davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Z.Malikov. – Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida markazimizda uzaytirilgan ish kuni yo‘lga qo‘yilgan. Ularga malakali mutaxassislar tomonidan bepul maslahatlar berilmoqda.

Markaz tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida tadbirkorlik subyektlariga turli yo‘nalishlarga oid 417 davlat xizmati ko‘rsatildi. Uy-joylarning suv ta’minoti, kanalizatsiya va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishga ruxsatnoma, turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdan chiqarish va hisobga qo‘yish, turli arxiv ma’lumotnomalari, patent va guvohnomalar kabi aholining talabi yuqori bo‘lgan xizmatlar shular jumlasidandir.

 

A.Musayev, O‘zA muxbiri

Поделиться