O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida hurmatli hamshaharlar!

2018-03-12 | Jamiyat

Fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yilning 12 mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yana bir ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasi ochilmoqda. Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Shu kundan Yakkasaroy tumani aholisi Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MCHJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z navbatida Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqarish hamda axoliga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shaxar Yo‘l Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida xaftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasida ta’mirlash ishlari tufayli 19 mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Undan tashqari barcha bo‘lim va bo‘linmalarda qo‘shimcha ravishda jamg‘arma kassalarining darchalari ochildi. Shuningdek transport vositalarni agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha xodim va vositalar jalb etildi. Fuqarolarning xaydovchilik guvoxnomalarini yangi namunadagi milliy xaydovchilig guvoxnomalariga almashtirish uchun qo‘shimcha xonalar tashkil etildi.

Поделиться