O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

2018-03-12 | Siyosat

2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Saidikram Niyazxodjayev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayevga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Tegishli marosimdan so‘ng Elchi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdiraxmanov tomonidan qabul qilindi. Vazir S.Niyazxodjayevni yuqori lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Поделиться