O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada diniy marosimlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joylar tashkil etiladi

2018-03-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar va tumanlarda qabristonlarning mavjud holati o‘rganilib, ularni obodonlashtirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Qabristonlardagi mavjud holatdan kelib chiqib, hududni devor bilan o‘rash, qabr va ichki yo‘laklarni ta’mirlash, manzarali daraxt, gul va rayhon ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joylarni tashkil etish maqsadida takliflar o‘rganib chiqilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 198 masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida Marg‘ilon shahridagi “Xudoyor”, “Xonaqa”, Qo‘shtepa tumanidagi “Muborak”, Qo‘qon shahridagi “Shayxon”, “Hadya hoji”, Dang‘ara tumanidagi “Saidahmadxo‘ja”, Buvayda tumanidagi “Nayman” kabi ko‘plab masjidlar butunlay qayta ta’mirdan chiqarildi. Boshqa masjidlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Imom-xatiblar tomonidan muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni ziyorat qilish odobi borasida ham targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Farg‘ona va Namangan viloyatlari mintaqaviy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi tomonidan ziyoratgohlar, tarixiy obidalarni asrash, restavratsiya qilish hamda ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyatida 372 madaniy meros obyekti mavjud bo‘lib, ularning 82 tasi ziyoratgohdir.

Marg‘ilon shahridagi “Pursiddiq”, Farg‘ona tumanidagi “Hazrat Huvaydo”, “Hazrat Ali”, Buvayda tumanidagi “Poshsho pirim” va “Bibi Ubayda” maqbaralari davlat muhofazasiga olingan. Bu maskanlarda ziyoratchilar uchun yetarli sharoit yaratilgan.

 

Mas’udjon Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Поделиться