O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilk marotaba universitet bitiruvchilarining ish joylari ikki oy oldin aniq bo‘ldi

2018-03-12 | Jamiyat

Bu haqida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botir Sulaymonov shunday dedi:

Mamlakatimizda o‘rta va oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, puxta bilimga, muayyan kasb-korga ega bo‘lib katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarni o‘z egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish doimiy e’tiborda. Bu borada bizning oldimizga ham qo‘yilgan qator masalalar bor. 

Joriy yilda universitetimizni 1 ming 354 nafar bakalavr, 97 nafar magistr bitiradi. Ayni vaqtda ularning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishi kafolatlanadi. Ya’ni bu yil ilk marotaba universitetning barcha 4-bosqich talabalari o‘qishni tamomlashlaridan ikki oy oldin ish joylari aniqlandi. Ular shu kunlarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruv malaka amaliyot o‘tayotgan korxona va xo‘jaliklarda kelgusida ishga qoladi. Bu esa iqtidorli bitiruvchi yoshlarni kasbiy va ilmiy-tadiqot ishlariga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda qo‘l keladi. 

Albatta, bu borada sohaga tegishli bo‘lgan vazirlik, korxona, tashkilot, muassasa va fermer xo‘jaliklari bilan bevosita hamkorlikda “Karyera kuni” yarmarkasi o‘tkazib, bitiruvchilarga bo‘lgan talabni o‘rgandik.

Shu tariqa hududlardagi 68 ta korxona, tashkilot va muassasalar bilan «Yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida” uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

Bitiruvchi talabalar bitiruv oldi malaka amaliyotlarini o‘tash uchun ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga asosan 68 ta korxona, tashkilot va muassasaga yuborildi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться