O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O’zbekenergo” AJning 2017 yil faoliyati yakunlari haqida
2018-03-12 | Iqtisodiyot
“O’zbekenergo” AJ tomonidan O’zbekiston Respublikasini “2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish yuzasidan 2017 yilda chora-tadbirlar kompleksi” ning amalga oshirilishi yagona elektr energetika tizimining bir maromda va barqaror ishlashini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarini saqlash imkonini berdi. 2017 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining tasdiqlangan parametrlari bajarildi.
2017 yilda respublikamiz elektr stansiyalari tomonidan 60,7 mlrd. kVt×s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bunda o‘sish 2016 yilga nisbatan 2,9 % ni tashkil etdi.
2017 yilda “O’zbekenergo” AJ ning elektr stansiyalarida 52,1 mlrd. kVt×s yoki Respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan umumiy elektr energiyasi miqdorining 85,9 % ishlab chiqarildi. Iste’molchilarga 48,0 mlrd. kVt×s, shu jumladan aholiga 12,5 mlrd. kVt×s elektr energiyasi yetkazib berildi. Elektr energiyasining eksporti 1,85 mlrd. kVt×s miqdorida amalga oshirildi, o‘sish 23,6 % ni tashkil etdi. Hamkorlik doirasida Qirg‘izistondan 1,2 mlrd. kVt×s miqdorida elektr energiyasi import qilindi.
2017 yil yakunlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi 13,6 % ga pasayishi hisobiga 4,0 % ga oshdi.
Yuqori texnologiyali bug‘-gaz va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bilan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini texnik va texnologik yangilash va modernizatsiyalash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan faol investitsion siyosat amalga oshirilmoqda.
“O’zbekenergo” AJ tomonidan 2017 yil investitsion dasturi doirasida 17 ta investitsion loyiha amalga oshirildi.
Xususan, Toshkent IESda quvvati 370 MVt ga ega bo‘lgan yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi.
Tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha Qandim gazni qayta ishlash zavodini uzunligi 89,4 km bo‘lgan 220 kVli, hamda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi sement zavodining uzunligi 85,6 km bo‘lgan 110 kVli havo liniyalari ishga tushirildi(1-bosqich).
Shuningdek, Taxiatosh IES da quvvati 230-280 MVt ga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi hamda Navoiy IES da umumiy quvvati 450 MVt ga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha loyihalar chet el investitsiyalarini jalb etgan holda amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Farg‘ona IEM da quvvati 17 MVt ga ega gaz turbina qurilmasini va quvvati 7 MVt ga ega bo‘lgan Farg‘ona qozonxonasi RK-3 qurish orqali yuqori samarador kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish boshlandi. Angren IESda kullik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan umumiy quvvati 130-150 MVt ga ega bo‘lgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash xususiyatiga ega energoblokni qurish orqali kengaytirish loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish masalasi o‘rganib chiqildi.
Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy qilish loyihasi bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish asosida ASKUE ni joriy qilish va rivojlantirish konsepsiyasi, ASKUE va uning komponentlariga texnik talablar ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-sonli qarori bo‘yicha loyiha doirasida xorijiy kompaniyalardan elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, dasturiy ta’minot, yordamchi jihozlar va boshqa texnik vositalarning birinchi partiyasini sotib olish bo‘yicha, tegishli shartnomalar tuzildi.
Past voltli elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash va yangilash bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda umumiy uzunligi 3,8 ming km ga teng 0,4-10 kV li elektr uzatish liniyalari qurildi va ta’mirlandi, 1250 ta komplekt transformator podstansiyalari o‘rnatildi.
Arzon uy-joy qurish bo‘yicha maqsadli dasturlar doirasida shahar va qishloqlarda yangi qurilgan uylarni tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun umumiy uzunligi 386,8 km ga teng havo liniyasi ishga tushirildi, 465 ta komplekt transformator podstansiyasi o‘rnatildi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Ko‘rilgan choralar korxonalarda 571 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga imkon berdi.
Tarmoqda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng qo‘llash maqsadida kompleks integratsiyalashgan “O’zbekenergo” AJni axborot tizimini boshqarish (moliyaviy hisobotni avtomatlashtirish, onlayn tartibida kunlik balans hisoboti, amaliy va ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish) yaratish masalasi hal qilindi. Boshqaruv tizimini ishlab chiquvchilar va joriy qiluvchilar bozori o‘rganib chiqildi.
Aholi bilan ochiq muloqot olib borish va ularning murojaatlari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida, shuningdek Jamiyat korxonalarida elektr energiyasini yetkazib berishda vujudga keladigan iste’molchilarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning ko‘rib chiqilishini hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etildi.
Ishchi guruh tarkibida “O’zbekenergo” AJning rahbarlari va mutaxassislari hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishi, shuningdek ishlarning amaldagi ahvolini o‘rganishda, har bir alohida mintaqada (tumanda, shaharda) elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilishda aniq choralar ko‘rilishida ishtirok etmoqdalar.
Respublika energetika tarmog‘i boshqaruv tizimini takomilashtirish va uning samaradorligini oshirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida “O’zbekenergo” AJ da jiddiy tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PF-5044-sonli farmoni asosida yangi tashkilot - “O’zbekgidroenergo” AJ tashkil etildi va gidroelektr stansiyalar va gidroenergetika ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha pudratchi tashkilotlar uning tarkibiga o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 iyuldagi “Ko‘mir sanoati korxonalari boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3147 sonli qaroriga muvofiq avval “O’zbekenergo” AJ tizimida bo‘lgan “O’zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “O’zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi PF-5059 sonli farmoniga ko‘ra Respublika Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan bo‘lib, “O’zbekenergo” AJ ushbu muassasa bilan elektr energiyasini yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi shartnoma majburiyatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Shuningdek Respublikaning barcha mintaqalarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy tizimini joriy qilish sohasida “O’zbekenergo” AJ Byuro bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Jamiyat tarkibida “ASKUE ni joriy qilish va muvofiqlashtirish direksiyasi” MChJ tashkil etildi va unga ASKUE ni joriy qilish va tizimga kelgusida texnik yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.
Respublikani 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan yagona elektr energetikasi tizimining sifatli ishlashini ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli olib borish, ishlab chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, hududlar va tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, Respublika aholisining hayot darajasi va farovonligini oshirish maqsadida “O’zbekenergo” AJ tomonidan 2018 yilda amalga oshirish uchun aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
№ |
Asosiy ko‘rsatkichlar |
O’lchov birligi |
2017 yil yakuni bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar |
I |
Elektr energiyani ishlab chiqarish: |
mlrd. kVt·s |
|
|
O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha |
mlrd. kVt·s |
60,7 |
1.1. |
“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha |
mlrd. kVt·s |
52,14 |
II |
Yoqilg‘ining solishtirma sarfi: |
mln. Gkal |
|
|
Berilgan elektr energiyasi uchun |
g/kVt·s |
353,14 |
|
Berilgan issiqlik energiyasi uchun |
kg/Gkal |
179,69 |
III |
Issiqlik energiyasini yetkazib berish |
mln.Gkal |
7,37 |
IV |
Elektr energiyasini eksporti |
mlrd.kVt·s |
1,85 |
V |
Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan |
mlrd.so‘m |
654,4 |
|
shu jumladan: - “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari) |
mlrd.so‘m |
337,5 |
|
- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar |
mlrd.so‘m |
254,3 |
|
- tijorat bank kreditlari |
mlrd.so‘m |
62,6 |