O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YHXB “turnaqator navbat”larga chek qo‘ymoqda

2018-03-12 | Sport

Fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida 2018-yilning 12-mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yana bir ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi ochilmoqda. Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi. 

Xuddi shu kundan Yakkasaroy tumani aholisi uchun ham ana shunday imkoniyat yaratildi, ya’ni bu tuman aholisiga Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MCHJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.Bu esa, o‘z navbatida, Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqaradi hamda aholiga qulaylik yaratiladi. 

Shuningdek, Toshkent shahar Yo‘l Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida haftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo bo‘linmasida ta’mirlash ishlari tufayli 19 mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Bundan tashqari barcha bo‘lim va bo‘linmalarda qo‘shimcha ravishda jamg‘arma kassalarining darchalari ochildi. Shuningdek, transport vositalarni agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha xodim va vositalar jalb etildi. Fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun qo‘shimcha xonalar tashkil etildi. 

Eslatib o‘tamiz, turnaqator navbatlarning oqibatlari borasida www.uza.uz saytida bir necha bor tanqidiy maqolalar e’lon qilingan edi. Bugun bu muammoga ichki ishlar tizimi ijobiy yechim bilan javob qaytarmoqda. O‘ylaymizki, turnaqator navbatlari hali hamon aholini qiynab kelayotgan gaz, elektr energiya kabi tashkilotlar bu borada YHXB dan o‘rnak olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

Поделиться