O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar uchun kitob jamlanmalari
2018-03-11 | Jamiyat
Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablariga Prezident sovg‘asi – kitoblar jamlanmasi tarqatildi.
Ushbu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, yoshlar ishtirok etdi. Unda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.
– Maktab kutubxonalari uchun 92 nomdagi 110 ming nusxa kitob taqdim etildi, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Sevin Ochilov. – Ular ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ensiklopedik mazmundagi adabiyotlar va metodik qo‘llanmalardir. Shuningdek, jajji kitobxonlarimiz uchun maxsus tayyorlangan kitoblar jamlanmasi – 50 nomdagi 16 ming nusxa adabiyot maktabgacha ta’lim muassasalariga topshirildi.
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA