O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning yirik banklari o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

2018-03-10 | Iqtisodiyot

2018 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikiston Respublikasining “Oriyon” banki o‘rtasida 20 million AQSH dollaridan iborat ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida “Amonat”, “Oriyon” va “Esxata” banklari bilan AQSH dollari va Yevro valyutasida “Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma” imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv” tuzildi.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekistondan turli sohalarda tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Bugundan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari ushbu kredit liniyalaridan foydalanish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyon” banklariga murojaat qilishlari mumkin.

Qardosh davlat tadbirkorlarining loyihalarini moliyalashtirish masalasi “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan qisqa muddat ichida hal etiladi.

Tomonlar hamkor banklar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro ishonch va do‘stlik asosida yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Поделиться