O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolik pasportlari o‘z egalariga topshirildi

2018-03-10 | Jamiyat

Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining kafolatini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, ayniqsa, yurtimizda yashab, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, taqdir taqozosi bilan fuqarolikka ega bo‘lmagan yurtdoshlarimizga katta ishonch bilan fuqarolik pasporti berilayotgani konstitutsion prinsipning hayotiyligi ta’minlanayotganligining yorqin ifodasi deyish mumkin. 8 mart kuni viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Surxon vohasida uzoq yillardan beri yashab kelayotgan bir guruh fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda fuqarolikka qabul qilingan vohadoshlarimiz va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi. Marosim jarayonida fuqaroligi bo‘lmagan 20 nafar vohadoshimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir so‘ngida fuqarolikka qabul qilingan vohadoshlarimiz Muhtaram Yurtboshimizning mana shunday g‘amxo‘rliklariga javoban o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirib, Vatan ravnaqi yo‘lida bor salohiyatlarini safarbar etishlarini ta’kidlashdi.

Поделиться