O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz tashabbusi bilan Abdurahmon Jomiy asarlari o‘zbek tiliga o‘girildi

2018-03-09 | Siyosat

Ma’lumki, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy zamondosh bo‘lgan. Xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalari ularning ijodida kuchli ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Samarqandda o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan bu ikki shoirga haykal o‘rnatilgan.

Yaqinda mamlakatimizda Abdurahmon Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Muhabbat maxzani” kitobi chop etildi.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev ushbu kitobni Imomali Rahmonga tuhfa qildi. Prezidentimiz so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi.

Поделиться