O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Do‘stlik rishtalari mustahkamlanmoqda
2018-03-09 | Jamiyat
Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi Amu zang chegara postining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘z olganlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari qadim tarixga ega ekanligi, ushbu xayrli ish kelgusida iqtisodiy, madaniy va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi sahifalar ochishini ta’kidlashdi. Chegara postining ochilishi asrlar davomida qo‘shni yashayotgan, dili va dini bir bo‘lgan, ikki tilda so‘zlovchi bitta xalqni behad quvontirdi.