O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston jahonning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasida
2018-03-09 | Turizm
7 mart kuni Berlinda (ITB Berlin) xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi boshlandi, unda dunyoning barcha davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham ishtirok etmoqda.
Mazkur ko‘rgazma faoliyatida tur operatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, bronlashtirish tizimlarining vakillari, avtomobillarni ijaraga olish xizmatlari va boshqa sayyohlik xizmatlari qatnashadi. Tadbirda dunyoning 185 mamlakati, 10 mingga yaqin ko‘gazma stendlari, 23 mingdan ziyod delegat, taxminan 50 ming nafar erkin sayyohlar va 150 ming nafar professional mehmonlarlar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 170 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Mamlakatimiz sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari “O‘zbekiston” milliy sayyohlik stendi ostida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va mamlakatimizning yetakchi turoperatorlari tomonidan targ‘ib qilinadi.