O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amudaryoda 1 kunda 115 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi

2018-03-09 | Jamiyat

7 mart kuni Amudaryo tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, tijorat banklari, Davlat Soliq inspeksiyasi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi va Yagona darcha markazi bilan birgalikda “Yoshlar - kelajak bunyodkori”, “Xalqimiz xizmatida bo‘lish va yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish - katta baxt” mavzularida milliy mahsulotlar savdo ko‘rgazmasi va yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning 210 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari ishtirokidagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasi davomida 115 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, shulardan 56 nafari yoshlar, 13 nafari kollej bitiruvchilari va 21 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. 

Поделиться