O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonning oltita tumanida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

2018-03-09 | Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda juma kuni Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga asosan Amudaryo, Xo‘jayli, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va bo‘sh turgan obyektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik subyektlariga davlat ko‘chmas mulki obyektlari loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Shuningdek, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi belgilanadi.

Kichik sanoat zonalarida 2020-yilning 1-fevraliga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 75 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda.

Поделиться