03:36:41 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Federal soliq xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-03-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 6 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi B.Parpiyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rahbari o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi B.Parpiyev Soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, soliq-byudjet siyosati va iqtisodiy hamkorlik borasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatishga rozilik bildirilgani uchun Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ikki davlat soliq ma’murchiligi amaliyotida erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va kelgusida sohani rivojlantirish borasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, davlat byudjetiga tushadigan tushumlarni prognozlash, soliq obyektlarini hisobga olish, mahalliy byudjetlar mutanosibligiga erishish, moliyaviy nazorat bo‘yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba, texnologiyalar va bilimlarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida Rossiya Federatsiyasi soliq organlarining bugungi kundagi rivojlanish darajasi, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlar va dasturiy ta’minot vositalari, soliq to‘lovchilarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil axborot olindi.

Ta’kidlanganidek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan bunday ishlar har ikki davlat soliq xizmati organlari tomonidan erishilgan ilg‘or tajribalar asosida sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi takliflar ishlab chiqilishi hamda ularni keng joriy etish orqali tizimdagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Поделиться