O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga rahbar tayinlandi
2018-03-07 | Madaniyat
Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga Baxtiyor Vaxapovich Xasanov direktor etib tayinlandi. Bu haqda seshanba kuni Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Murod Fayzullayevich Zikrullayev muzey direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Yusuf Habibullayevich Ashurov umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur muzeyining asosiy vazifasi mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekzpozitsiyasini tashkil etish hisoblanadi.