O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi
2018-03-07 | Jamiyat
Intellektual mulk agentligi bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida “O‘zbekiston respublikasida intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida ilmiy seminari tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Agentlik va “IP-CENTER” o‘quv markazi mutaxassislari va institut ilmiy xodimlari, doktorantlar va magistrantlar qatnashdilar.
Seminar qatnashchilariga Agentlikning Talabnomalarning rasmiy ekspertizasi bo‘limi boshlig‘i Azimov Saidaxmad tomonidan “Intellektual mulk obyektlariga talabnoma topshirish qoidalari” hamda “Ixtirolarga chet elda himoya olish tartibi” mavzularida ma’ruza va prezentatsiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilariga Intellektual mulk agentligi va uning tasarrufidagi “IP-CENTER” - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida qatnashchilar tomonidan berilgan barcha savollarga to‘laqonli javoblar berildi, hamda barcha qatnashchilarga Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risida tarqatma materiallar va flayerlar tarqatildi.