O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifiga doir

2018-03-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 2018 yil 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston - Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida tijorat shartnomalari va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kooperatsiyaga oid bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi ham mo‘ljallangan.

Поделиться