O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2018-03-06 | Siyosat
2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jiang Yan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida 2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.