O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2018-03-06 | Siyosat
2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning kun tartibiga kiritiladigan masalalar tomonlar diqqat markazida bo‘ldi.