O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir elchilarni bayram bilan tabrikladi
2018-03-06 | Siyosat
2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlen, Fransiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmor, Misr Arab Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani Al-Itr, Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tsyan Yang va BMT vakolatxonasining rahbari Helena Freyzer bilan uchrashdi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan mamlakatimiz va chet elda keng nishonlanadigan bahor bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini iliq muborakbod etdi va ularga sihat-salomatlik, baxt va har tomonlama omad, ularning faol va samarali ishlari va O‘zbekiston bilan AQSh, Fransiya, Misr, Xitoy va BMT o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.