O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro matbaa forumining rasmiy veb-sayti ishga tushdi

2018-03-06 | Texnologiyalar

“Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” birinchi Xalqaro matbaa forumining internetdagi rasmiy veb-sayti – http://ipforum.uz/ ishga tushdi.

Avval xabar qilinganidek, 2018 yil 14-15 mart kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda “A2 DIGITAL” MCHJ hamkorligida “Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasida ilk bor birinchi Xalqaro matbaa forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan yirik matbaa korxonalarining vakillari ishtirok etadilar.

Forum doirasida O‘zbekistonda matbaachilik sohasiga tatbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

“Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” birinchi Xalqaro matbaa forumida ishtirok etish istagida bo‘lganlar internetdagi – http://ipforum.uz/ manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek, xalqaro forum bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Поделиться