O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Parlamentlararo do‘stona munosabatlar jadallashmoqda

2018-03-06 | Siyosat

2018-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Senat Raisi N.Yo‘ldoshevning yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Turkiya parlamentining “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida munosabatlar tobora rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari, ularda erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev yuqori martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mazkur tashrif parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishda alohida ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi. Bu, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning amaliy natijasi ekani, parlamentlarimiz a’zolarining muloqoti faollashishi ikki davlatning ko‘pqirrali hamda uzoq muddatli hamkorligini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisining “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhining qo‘shma majlisi ham o‘tkazildi.

Majlis yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolandi.

Tashrif doirasida, shuningdek, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari, OAV vakillari bilan Xalqaro Press-klubning press-kofe formatida qator uchrashuvlar o‘tkazish, Samarqand, Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, mamlakatlarimizning parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi nazarda tutilgan.

Поделиться