O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi
2018-03-06 | Fan
Joriy yil 1-3-aprel kunlari «Lomonosov – 2018» forumi doirasida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi.
Mazkur an’anaviy festival iste’dodli yoshlarni aniqlash va saralashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda qatnashish bepuldir. Buning uchun joriy yilning 30-martigacha http://msu.uz/forum2018 saytida ariza to‘ldirish kifoya.
Festivalda mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining 9 va 10 sinflari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Bunda ishtirokchilarga bitta yoki bir vaqtning o‘zida ikkita fan bo‘yicha qatnashish imkoni beriladi. Ishtirokchilar uch kun davomida matematika va informatikaga oid masalalarni yechadi.
Festival g‘oliblari medallar va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi.