O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Gayur» mahsulotlari–O‘zbekistonda

2018-03-06 | Iqtisodiyot

Yaqinda Toshkentda Tojikiston savdo markazi ochildi. Unda hozircha «Gayur» kompaniyasining qurilish mahsulotlari taqdim etilyapti.

«Gayur» kompaniyasi o‘z faoliyatini 2002-yil Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatining Yavan tumanida g‘isht ishlab chiqarishdan boshlagan. Hozirgi kunda u bir necha korxonani birlashtiradi. 

Akbar G‘ulomov rahbarlik qiladigan «Gayur» nafaqat Tojikistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Bir vaqtlar g‘isht ishlab chiqarishdan faoliyat boshlagan «Gayur» ayni paytda sement, gipsokarton, aristrong va metall profillar, qurilishda ishlatiladigan ohak, poliprolen qoplar va beton mahsulotlari tayyorlamoqda. 

Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak, kompaniya bir yilda 1 million 200 ming tonna sement ishlab chiqaradi. 

«Gayur» kompaniyasi Toshkentda ochilgan Tojikiston savdo markazini kelgusida ushbu mamlakatda ishlab chiqariladigan boshqa mahsulotlar bilan kengaytirishda faol ishtirok etishni rejalashtirilmoqda.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O'zA

Поделиться