O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hadli bitim kuchga kirdi
2018-03-05 | Siyosat
2018-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi 2017-yil 13-oktyabr kuni Vashington shahrida imzolangan EIBning mamlakatimiz hududida faoliyatiga oid hadli bitim kuchga kirdi.
Hadli bitim YEIBning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni vujudga keltiradi.
Ushbu hujjat mamlakatimizda yirik ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun YEIBning moliyaviy vositalaridan foydalanish imkonini beradi va O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.