O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Turkiya parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi

2018-03-05 | Siyosat

Ayni paytda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi munosabatlar yanada mustahkamlanib bormoqda. Xususan, parlamentlararo aloqalar ham. So‘nggi vaqtlarda tomonlarning hamkorlikka oid muloqotlari muntazamlik kasb etmoqda.

2018-yilning 5-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov va quyi palata deputatlari bilan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisidagi “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi Turkiya parlamenti a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar ham shular jumlasidandir.

Uchrashuv davomida Qonunchilik palatasi Spikeri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yilning 25-26-oktyabr kunlari Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘idagi oliy darajadagi muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgani, O‘zbekiston rahbarining Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashuvining amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangani munosabatlarning huquqiy asoslarini mustahkamlab berganini alohida qayd etdi.

Suhbat chog‘ida mehmonga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekistoning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor hududiy va davlat dasturlari amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, muloqotlarda har ikkala tomon uchun muhim hisoblangan xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisidagi “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi paytlarda ikki mamlakatning oliy vakillik organlari o‘rtasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Bu kabi amaliy muloqotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va albatta parlamentlararo sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda katta turtki bo‘lib xizmat qilishini qayd etib o‘tdi.

Поделиться